Start Up

Bizning inkubatsiya va akseleratsiya markazimizning asosiy maqsadi startup loyihalarni qo'llab-quvvatlash!

blog header

OTMlardagi inkubatsiya markazlari nima uchun kerak?

Yaqin vaqtgacha talabalar o`zlarining g`oyalarini loyihaga aylantirish uchun maslahat va ko`rsatma berib boradigan “Startup” platforma va murabbiylar yordamida ishlash imkoniyati yo`q edi.

Inkubatsiya markazida talabalar o`z g`oyalari va loyihalarini amalga oshirishlari yoki ustoz, murabbiy va mutaxassislardan yordam so`rashlari mumkin. Natijada, talabalar o`z g`oyalarini innovatsion loyihalarga aylantiradilar.

«Inkubatsiya markazi» nima?

O‘zbekistonda ko‘plab yoshlar haligacha «startup» nima ekanligi to‘g‘risida asosiy tushunchalarga ega emasligi achinarli. Buni tuzatish maqsadida, IT Park o‘z faoliyatini tubdan boshlashga, shuningdek, nafaqat tashkil etilgan tadbirkorlar va yirik IT kompaniyalar bilan balki tadbirkor bo‘lish yoki yirik IT kompaniyalarga rahbarlik qilish istagida yurgan salohiyatli yosh va istiqbolli yoshlar bilan ishlashga e’tibor qaratishga qaror qildi.

Agar sizda amalga oshish uchun imkoniyat kutayotgan startup loyiha mavjud bo'lsa, bizga izoh sifatida yuborishingiz mumkin.

Izoh qoldirish